O‘zbekiston | 14:43 / 30.09.2020
3681
2 daqiqa o‘qiladi

Prezident ma'rifatparvar jadidlarni «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirladi

Ma'rifatparvar jadidlardan ma'rifatparvar adib, pedagog, jamoat arbobi Abdulla Avloniy (1878−1934), Turkistondagi jadidchilik harakatining asoschilaridan biri, adib, pedagog va olim Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875−1919) va atoqli ma'rifatparvar murabbiy, adib, muharrir va jamoat arbobi Munavvarqori Abdurashidxonov (1878−1931) «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimda ma'lum qildi.

XIX asr oxiri – XX asr boshida yashagan jadidlar O‘qituvchi va murabbiylar bayrami munosabati bilan imzolangan farmonga muvofiq, xalq ozodligi va farovon hayotini ta'minlash yo‘lida fidokorlik ko‘rsatib, milliy ta'lim va tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo‘shgani uchun taqdirlandi.

«O‘qituvchi va murabbiylar bayrami munosabati bilan imzolangan farmonga muvofiq, xalqimizning ozodligi va farovon hayotini ta'minlash yo‘lida fidokorlik ko‘rsatib, milliy ta'lim va tarbiya tizimini yaratishga beqiyos hissa qo‘shgan Abdulla Avloniy, Mahmudxo‘ja Behbudiy va Munavvarqori Abdurashidxonov «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlangani ma'lum qilindi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid