Jahon | 19:17 / 03.10.2020
11902
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Suriyada yangi operatsiya boshlashi mumkinligini aytdi

 2019 yil oktyabrda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyada kurdlar va IShIDga qarshi «Tinchlik bulog‘i» operatsiyasi boshlanganini e'lon qilgandi.

Foto: AP Photo / Ghaith Alsayed

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an agarda kurd qurolli guruhlari Suriya shimolini tark etmaydigan bo‘lsa, Turkiya Suriyada yangi operatsiya boshlashi mumkinligini aytdi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, Turkiya harbiylari mamlakat chegaralari bo‘ylab «tiklashga harakat qilingan» terroristik yo‘lakni yo‘q qilishlari orqali Anqara «suriyalik qardoshlar yolg‘iz emasliklarini» ko‘rsatgan.

«Suriyada hali ham mavjud terroristik hududlar bizga va'da berilganidek tozalanishi lozim yoki o‘zimiz borib shu ishni amalga oshiramiz», - dedi u.

Erdo‘g‘an Turkiya Suriyaning Idlib viloyatida yangi gumanitar halokatga olib keladigan har qanday qadamga qarshi chiqishini ta'kidladi.

 2019 yil oktyabrda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Suriyada kurdlar va IShIDga qarshi «Tinchlik bulog‘i» operatsiyasi boshlanganini e'lon qilgandi. Noyabr boshlarida Rossiya va Turkiya operatsiyani to‘xtatib turish, Suriya-Turkiya chegarasida xavfsizlik hududi tashkil etish va mintaqani qo‘riqlashga kelishib olishgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid