Indoneziya changalzorlarida mahalliy aholiga xos bo‘lmagan moviy ko‘zli qabila topildi
Indoneziyaning Buton orolida a'zolari ko‘k yoki moviy ko‘zga ega qabila topildi. Bu qabila a'zolarining ko‘zlari go‘yoki fentezi janridagi filmlardan olinganga o‘xshaydi.
Ushbu mintaqa uchun xos bo‘lmagan antiqa ko‘rinishga ega odamlar borligi indoneziyalik geolog Korchine Pasaribu tufayli ma'lum bo‘ldi. Odatda indoneziyaliklar qora ko‘z va qora sochli bo‘ladilar.
Geolog 2019 yilda Indoneziyaning qishloq hududlaridagi hayotga qiziqib qolgan. Shundan keyin u ko‘p sonli qabilalar va madaniy merosga e'tibor qarata boshlagan.
Pasaribu Buton oroliga 17 sentyabrda tashrif buyurib, tub aholini suratlarda muhrlagan. “Ularning moviy ko‘zlari juda chiroyli va o‘ziga xos edi. Ular meni ilhomlantirdi”, deb aytgan geolog.
Uning ta'kidlashicha, qabila a'zolari fotosessiyada mamnuniyat bilan ishtirok etishgan. “Ular juda samimiy va xushmuomalalar. Ular suratga tushishdan uyalmaydilar”, deb aytgan Pasaribu.
Suratlarda aks etgan qoramtir rangga ega odamlarning moviy rangli ko‘zlarga egaligi hayratlantiradi. Yana bir e'tiborli jihati, qabila a'zolari orasida bir ko‘zi jigarrang, bir ko‘zi moviy rangdagi odamlarni ko‘plab uchratish mumkin.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, qabila a'zolarida ko‘k rangli ko‘zlar Vaardenburg sindromi deb nomlanuvchi kam uchrovchi irsiy kasallik tufayli shakllangan.
Ushbu sindrom eshitish qobiliyatining yo‘qolishi va soch, teri hamda ko‘z rangining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin. Bu kasallikda ko‘zlar och-ko‘k rangda bo‘ladi. U, shuningdek, geteroxromiya – bir odamda ko‘zlarning turli rangda bo‘lishini keltirib chiqaradi.
Qabila a'zolarida Vaardenburg sindromi nima uchun avj olganining sababi hozircha noma'lum. Statistikaga ko‘ra, ushbu kasallikdan dunyoda 40 mingga yaqin odam aziyat chekadi.
Mavzuga oid
10:17 / 11.11.2024
O‘zbekiston elchisi Indoneziya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
18:34 / 04.11.2024
Indoneziyada vulqon otilishi oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
16:30 / 29.10.2024