Jahon | 16:11 / 05.10.2020
9296
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya chegaralarini yopishi mumkinligi to‘g‘risidagi xabar rad etildi

Avvalroq OAVda koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni o‘sayotganligi sababli Rossiya chegaralarini yopishi muminligi bildirilgandi.

Foto: Reuters

Rossiyada chegaralarni yopish va aviaqatnovlarni cheklash rejalashtirmayapti. Bu haqda koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor shtabga asoslanib TASS xabar berdi.

 "Tezkor shtab chegaralarni yopish va aviaqatnovlarni cheklash bo‘yicha qaror qabul qilishni rejalashtirmayapti", - deb ma'lum qilgan shtab.

 Avvalroq OAVda ijtimoiy siyosat bo‘yicha federatsiya kengashi qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Valeriy Ryazanskiyning so‘zlari keltirilib, koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni o‘sayotganligi sababli Rossiya chegaralarini yopishi muminligi bildirilgandi.

 Ryazanskiyning o‘zi chegaralarni yopish eng so‘nggi chora bo‘lib, bunga hozircha zarurat yo‘qligini aytgan.

 "Chegaralarni yopish – eng so‘nggi chora, bunga hozircha zarurat yo‘q. Jamoat transportida profilaktika choralarini kuchaytirish lozim", - degan u.

 Operativ shtab ma'lumotiga ko‘ra, so‘nggi bir kunda Rossiyada 10 499ta yangi kasallanish holati qayd etilgan.

 Moskvada 3327ta yangi holat aniqlangan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid