Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abdulaziz Komilov va Sergey Lavrov telefon orqali muloqot qildi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 5 oktabr kuni bu yil MDHga raislik qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, Hamdo‘stlik doirasida 2020 yil oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2020 yil 1 yanvardan MDHga raislik qilmoqda. MDH tashqi ishlar vazirlari va davlat rahbarlarining videokonferensaloqa shaklidagi uchrashuvlari joriy yilning 15-16 oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
23:10 / 25.05.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 12 barobar oshirilishi kutilmoqda
21:06 / 25.05.2026
Putin rossiyaliklar himoyasi uchun xorijda armiyadan foydalanishga ruxsat beruvchi qonunni imzoladi
20:32 / 25.05.2026
Rossiya Kiyevdagi «qaror qabul qilish markazlari»ga zarba berish bilan tahdid qildi
09:07 / 25.05.2026