Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda saylovlar natijalari bekor qilinishi mumkin
Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov parlament saylovlari natijalari bekor qilinishi mumkinligiga yo‘l qo‘ydi.
Jeenbekovning matbuot kotibi Tolgonay Stamaliyevaning ta'kidlashicha, prezident yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olib, Markaziy saylov komissiyasiga saylovlarda yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar bilan bog‘liq materiallarni batafsil o‘rganib chiqishni va lozim topsa, saylovlar natijalarini bekor qilishni tavsiya qilgan.
Stamaliyevaning aytishicha, Jeenbekov Bishkekda qolmoqda va vaziyatni nazorat qilmoqda.
Bu orada Qirg‘iziston bosh prokurori deb e'lon qilingan va ushbu lavozimni vaqtinchalik bajarayotgan Almambet Shikmamatov 24.kg nashriga parlament saylovlari natijalari bekor qilinganini ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, saylovlar natijalarining bekor qilinishi muxolifatning bosh talabi bo‘lgan va u bajarildi. Shu bilan birga u yangi saylovlar qachon o‘tkazilishini ayta olmagan.
Avvalroq Qirg‘izistonda saylovlar natijalarini soxtalashtirishga aloqador barchani hibsga olishga sanksiyalar berilgani ma'lum qilingan.
Mavzuga oid
09:53 / 11.03.2026
Qirg‘izistonda Hayit sanasi e’lon qilindi: Ramazon oyi yana 29 kun bo‘lishi mumkin
16:56 / 07.03.2026
Qirg‘izistonda uch yoshgacha bo‘lgan har bir bola davlatdan nafaqa oladi
21:53 / 26.02.2026
Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistondan Rossiyaga reeksport ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qildi
17:44 / 23.02.2026