Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda boshqaruvni yo‘qotgan 21 yoshli haydovchi YTH oqibatida vafot etdi
YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 7 oktabr kuni soat 21:00larda, Toshkent shahar Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasida haydovchi, 1999 yilda tug‘ilgan O.O. "Lasetti" rusumli transport vositasida harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada “Lasetti” rusumli avtomobil haydovchisi, 21 yoshli O.O. og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi TB tomonidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Barcha haydovchilardan yo‘llarda tezlik me'yoriga, yo‘l belgilari va chiziqlari talablariga rioya qilishlarini, o‘zi va o‘zgalar salomatligini xavf ostiga qo‘ymasliklarini so‘rab qolamiz”, - deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
20:04 / 25.05.2026
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida 238 nafar o‘quvchi mashina boshqarayotganida ushlandi
10:33 / 25.05.2026
Qashqadaryoda ikkita Nexia va yuk mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
10:24 / 24.05.2026
$57 millionlik ezgu tashabbus va IIVdagi ikki xil standart - hafta dayjesti
13:20 / 21.05.2026