Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada koronavirus holatlari bo‘yicha rekordlar sababli cheklovlar kuchaytirildi
Yevropada pandemiya boshlanganidan buyon qariyb 5,6 mln holat qayd etilgan, 229 mingga yaqin kishi vafot etgan.
Yevropaning qator mamlakatlarida sutkalik koronavirus holatlari bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlar qayd etildi, deb xabar bermoqda mahalliy OAV.
Xususan, Germaniyada oxirgi 24 soat ichida apreldan buyon ilk marta 4 mingdan ortiq yangi holat qayd etildi. Niderlandiyada oxirgi sutkada mamlakat uchun rekord bo‘lgan 5,8 mingta holat aniqlandi. Fransiyada ham sutkalik ko‘rsatkich rekordi qayd etildi – qariyb 19 mingta holat.
Chexiyada koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashgani bois barcha sport va madaniyat obektlarini ikki haftaga yopishga qaror qilindi. Restoranlar soat 20:00gacha ishlaydi, o‘rta va yuqori sinf o‘quvchilari oddiy shakldan tashqari, masofaviy ta'limga o‘tkaziladi.
Belgiya poytaxtida ham yangi cheklov choralari joriy qilindi: barcha barlar va pablar faoliyati bir oyga to‘xtatildi. Cheklovlar sport klublari va qabul zallaridagi qahvaxonalarga ham taalluqli.
Italiyada niqob taqish majburiy etib belgilandi, Polshada ham shanba kunidan ushbu tartib amal qila boshlaydi.
Worldometers ma'lumotlariga ko‘ra, Yevropada pandemiya boshlanganidan buyon qariyb 5,6 mln holat qayd etilgan, 229 mingga yaqin kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026