Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada yakshanba kunlari non mahsulotlari tayyorlash taqiqlandi
Non mahsulotlarini haftaning istalgan kunida sotib olish mumkin, ammo yakshanba kunlari non mahsulotlari tayyorlash mumkin emas. Ushbu qoidani buzganlarga 400 yevro jarima solinadi.
Sitsiliyada non ishlab chiqarish korxonalariga oyning birinchi va uchinchi yakshanbalarida ishlash taqiqlandi, deb xabar bermoqda "YevroPuls".
Non mahsulotlarini haftaning istalgan kunida sotib olish mumkin, ammo yakshanba kunlari non mahsulotlari tayyorlash mumkin emas. Ushbu qoidani buzganlarga 400 yevro jarima solinadi.
Hukumat bu qarorni non ishlab chiqaruvchilar tashabbusi bilan qabul qildi. Ma'lum bo‘lishicha, Sitsiliyada yakshanba kunlari non mahsulotlariga bo‘lgan talab yuqori emas, ko‘plab nonlar sotilmay qolib ketadi.
Taqiq vaqtinchalik bo‘lib, u kelasi yil yozigacha, Sitsiliyaga turistlar kela boshlaguniga qadar amal qiladi. Lekin agarda ular ham yakshanba kunlari ko‘p non sotib olishmasa, yakshanba novvoylar uchun doimiy dam olish kuniga aylanadi.
Italiyada shuningdek, yakshanba kunlari aksariyat do‘konlarning ham ishlashini taqiqlash masalasi muhokama qilinmoqda. Bu chorani xristian faollari, kasaba uyushmalari va xususiy do‘konlar egalari yoqlayotgan bo‘lsa, yirik savdo tarmoqlari egalari qarshi chiqmoqda.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026