O‘zbekiston | 14:34 / 10.10.2020
43852
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzax va Qashqadaryoda birinchi qor yog‘di

Zomin tumani va Dehqonobod tumanining “Oybek” qishlog‘ida birinchi qor yog‘di.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Jizzax viloyati Zomin tumanida qor yog‘gani haqida suratlar joyladi.

Kuni kecha Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod "Oybek" qishlog‘ida ham qor yog‘gani aytilmoqda.

Avvalroq Gidrometeorologiya xizmati markazi 10 oktabr kuni respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turishi haqida xabar bergan edi.

“Tog‘ oldi va tog‘ hududlarning ba'zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘ hududlarda qorga aylanishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 6-11 daraja iliq bo‘ladi”, - deb xabar bergan edi Gidrometeorologiya xizmati.

Joriy yilning 18 sentabr kuni Qamchiq dovonida ham qor yog‘gan edi.

Зилола Ғайбуллаева
Tayyorlagan Зилола Ғайбуллаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid