Rafael Nadal Roland Garros’ning 13 karra g‘olibi bo‘ldi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Fransiya ochiq chempionati - Roland Garros-2020 finalida g‘alaba qozondi va “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi musobaqaning 13 karra g‘olibiga aylandi.

Foto: TENNIS PHOTO NETWORK
Nadal musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvida jahonning birinchi raqamli tennischisi, serbiyalik Novak Jokovichni 6:0, 6:2, 7:5 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 2 soat 43 daqiqa davom etgan.
Ta'kidlab o‘tish joiz, Nadal va Jokovich Parijdagi musobaqa finalida uchinchi marta uchrashishdi, biroq har safar ispaniyalik tennischining qo‘li baland kelgan.
Ispaniyalik tennischi bejiz “tuproqli kortlar qiroli” deb atalmaydi: Parijning tuproqli kortlarida o‘tuvchi turnirni buncha ko‘p marta hali hech bir tennischi yutmagan. U bungacha Roland Garros’da 2005, 2006, 2007, 2008, 2010, 2011, 2012, 2013, 2014, 2017, 2018 va 2019 yillarda g‘alaba qozongan.
Yana bir e'tiborli jihati, Nadalning finaldagi g‘alabasi uning Fransiya ochiq chempionati uchrashuvlaridagi 100-g‘alabasi bo‘ldi. Bundan tashqari, ispaniyalik sportchi “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi 20-musobaqasida g‘alaba qozondi va bu natija bilan shveysariyalik tennischi Rojyer Federer rekordini takrorladi.
Ayollar o‘rtasida esa 19 yoshli polshalik Iga Shventek zafar quchdi. Bu g‘alaba yosh tennischining ushbu musobaqadagi birinchi g‘alabasi hisoblanadi. Shventek final uchrashuvida amerikalik Sofiya Keninni mag‘lubiyatga uchrata olgan.
Roland Garros 2020 yilgi “Katta dubulg‘a” musobaqalariga yakun yasadi. Joriy yilda ushbu seriyaga kiruvchi Uimbldon turniri pandemiya sababli o‘tkazilmadi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00
-
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
Jahon | 18:43
-
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Sport | 17:42
-
Sun’iy intellekt tobora kuchayib bormoqda, lekin ko‘proq xatoga yo‘l qo‘ymoqda – OAV
Fan-texnika | 17:40
Mavzuga oid

19:32 / 30.01.2022
Australian Open. Dramatik finalda Nadal super kambek evaziga Medvedevni mag‘lub etdi

09:31 / 05.11.2020
Rafael Nadal faoliyatidagi 1000-g‘alabani qo‘lga kiritdi

22:38 / 09.10.2020
Rafael Nadal Roland Garros finaliga 13-marta chiqib rekord o‘rnatdi

00:31 / 20.12.2019