Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishi qoldirildi
O‘zbekiston 2020 yil 1 yanvardan MDHga raislik qilmoqda.
Foto: TASS
16 oktyabrda video-konferens-aloqa shaklida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishi boshqa kunga qoldirildi. Yig‘ilishning qachon bo‘lib o‘tishi hozircha belgilanmadi. Bu haqda MDH ijroiya qo‘mitasi ma'lum qildi.
"15 oktyabrda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi hamda 16 oktyabrda o‘tkazilishi rejalashtirilgan MDH davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishi dunyodagi murakkab epidemiologik vaziyat sababli va ko‘riladigan masalalarni batafsil ishlab chiqish maqsadida boshqa muddatga ko‘chirildi", - ijroiya qo‘mitasi xabarida.
MDH sammiti Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston 2020 yil 1 yanvardan MDHga raislik qilmoqda.
Mavzuga oid
08:30 / 20.01.2026
Moldova MDHdan chiqish jarayonini boshladi
19:50 / 26.12.2025
MDH mamlakatlari o‘zaro hisob-kitoblarda deyarli to‘liq milliy valutalarga o‘tdi
17:48 / 22.12.2025
Shavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi
09:45 / 17.10.2025