Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziya AstraZeneca’ning vaksinasidan 100 million doza sotib oladi
Indoneziya AstraZeneca britan-shved kompaniyasi koronavirusga qarshi ishlab chiqayotgan vaksinadan 100 mln doza sotib oladi. Bunday kelishuvga Indoneziya tashqi ishlar vaziri Retno Marsudi va davlat korxonalari vaziri Erik Txoxirning Londonga tashrifi vaqtida erishilgan.
Ta'kidlanishicha, vaksinaning birinchi partiyasi Indoneziyaga 2021 yil boshida yetkaziladi.
Indoneziyaning iqtisodiyot masalalari bo‘yicha vaziri Airlangga Xartarto o‘tgan hafta kelishuvning umumiy qiymati 500 mln dollarni tashkil qilishini ma'lum qilgandi. Oktabr oxirigacha ushbu summaning 50 foizi to‘lab beriladi.
Avgustda Indoneziya delegatsiyasi Xitoy va BAAda bo‘lib, safarlar yakunlariga ko‘ra Indoneziyaga umumiy hisobda 300 mln doza vaksina yetkazilishini e'lon qilgan. Vaksinaning birinchi partiyasi noyabrda yetkazib berilishi kutilmoqda. Shundan keyin aholining muayyan toifalari – tibbiy xodimlar, politsiyachilar, harbiylar, o‘qituvchilar darhol vaksina bilan emlana boshlanadi.
Indoneziyada pandemiya boshidan beri 345 ming kishi koronavirusga chalingan, ulardan 12,1 ming kishi vafot etgan.
Avvalroq AstraZeneca vaksinasining Britaniyadagi sinovlari vaqtida sinaluvchilardan birida tushunarsiz kasallik aniqlangandi. Shu sababli vaksinaning ishlab chiqaruvchilari vositaning xavfsiz ekaniga ishonch hosil qilish uchun tanaffus olishgandi.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
08:56 / 27.02.2026