Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada koronavirusdan kunlik o‘lim holatlari soni bo‘yicha rekord qayd etildi
14 oktabr kuni Rossiyada koronavirus infeksiyasiga chalingan 286 kishi vafot etdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasining koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha operativ shtabi xabar berdi. Bu ko‘rsatkich mamlakatda pandemiya boshlanganidan buyon kunlik o‘limlar soni bo‘yicha rekord natija hisoblanadi.
Rossiyada koronavirus kirib kelganidan buyon, ushbu kasallikdan jami vafot etganlar soni 23 ming 491 kishiga yetdi.
Shuningdek, kecha 13 ming 754ta yangi kasallanish holatlari qayd etilgan bo‘lib, yangi holatlarning eng ko‘p qismi Moskva va Sankt-Peterburg shaharlarida kuzatilmoqda.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Rossiyada pandemiya boshlanganidan buyon kasallikka chalinganlarning jami soni 1 million 354 ming 163 kishiga yetgan. Bemorlarning 1 million 48 mingdan ortig‘i sog‘aygan.
«Rospotrebnadzor» ma'lumotlariga ko‘ra, hozirda Rossiyada bir kunda 478 mingta test olinmoqda, avval kuniga 436 mingta test olinayotgandi. Butun pandemiya davrida 52,2 milliondan oshiq test topshirilgan.
Mavzuga oid
09:55
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026