Boris Jonson Yevropa ittifoqi bilan “Breksit” bo‘yicha kelishuv bo‘lmasligini aytdi
Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Yevropa ittifoqi London bilan “Breksit” bo‘yicha muzokaralarga nisbatan yondashuvini o‘zgartirmoqchi emasligini va Britaniya bunga tayyor turishi kerakligini aytdi.
Uning ta'kidlashicha, London Yevropa ittifoqi bilan Brexit’ning o‘tish davridan keyin savdo kelishuvi bo‘lmasligi mumkin bo‘lgan ssenariyga tayyorlanishi lozim.
“Yevropa ittifoqi bir necha oydan keyin jiddiy muzokaralar olib borishdan bosh tortayotgani hamda Yevropa ittifoqi sammitini hisobga olib, 1 yanvardan keyin Yevropa ittifoqi bilan munosabatlarimiz ittifoq va Avstraliya o‘rtasidagi kelishuvlarga o‘xshash bo‘lishi haqidagi xulosaga keldim”, deb aytgan Jonson.
Britaniya bosh vazirining aytishicha, biznes, yuk tashuvchilar va sayyohlar 1 yanvardan boshlab ikki tomon o‘rtasida jiddiy o‘zgarishlar yuz berishiga tayyor turishlari lozim.
“Fikrimcha, Yevropa ittifoqi erkin savdo haqida kelishuvni tuzmoqchi emas. Biz bu borada Bryussel tomondan biror-bir siljishni ko‘rmayapmiz va ularga yondashuvlari tubdan o‘zgarsa, biz hali ham muzokaralarga tayyorligimizni bildirib qolamiz”, deb ta'kidlab o‘tgan Jonson.
Uning aytishicha, biror-bir kishi hali ham Britaniyaning baliqchilik qoidalarini belgilashida va o‘z me'yorlarini ishlab chiqishida erkinligini cheklasa, London Bryusselga yon bosmaydi.
O‘z navbatida, Yevrokengash rahbari Sharl Mishel Yevropa ittifoqi Britaniya bilan Brexit’dan keyingi munosabatlarga nisbatan yondashuvini o‘zgartirmasligini aytgan.
Mavzuga oid
14:48
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
09:59 / 23.11.2024
Britaniyaning eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi
09:12 / 22.11.2024
Britaniya Ukrainadagi vaziyat keskinlashganini ma’lum qildi
13:52 / 21.11.2024