Jamiyat | 19:19 / 18.10.2020
5884
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda qora «Lasetti»dagi qoradorilar fosh bo‘ldi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Toshkent shahrida psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati

Tadbir davomida, Toshkentdagi avtoturargohlardan biriga qora rangli «Lasetti»da kelgan fuqaro T.F. shartli xaridorga «Regopen» nomli psixotrop dori vositasining har bir donasini 35 000 so‘mdan sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Fuqaro T.F.ning egnidagi kiyimlari cho‘ntaklari va uning hamyoni ko‘zdan kechirilganida, hamyonida 0,25 gramm «gashish» giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Uning avtomobili ko‘zdan kechirilganida, salon va yukxonada yana 26 dona «Regopen» tabletkasi, 8ta idishda «Tropikamid» nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Damasga yashirilgan sifati kafolatlanmagan tibbiy buyumlar to‘xtatib qolindi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi «Farg‘ona» chegara bojxona posti xodimlari tomonidan mazkur postga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro U.S. o‘zi boshqaruvidagi «Damas» rusumli avtomashina o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Natijada, avtomashinada umumiy qiymati 37,3 million so‘mlik 4 dona tibbiy texnika va 707 dona tibbiy buyumlar borligi aniqlandi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid