Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Italiyada virusga qarshi yangi qoidalar e'lon qilindi
Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte yakshanba kuni COVID-19 yuqumli kasalligi ikkinchi to‘lqinini ushlab turish va iqtisodiyotga jiddiy zarba beradigan yangi holatlarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni e'lon qildi.
Hukumatning so‘nggi choralari yangi koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni kunlik eng yuqori ko‘rsatkichlarga yetib kelgani, bu esa kasalxonalar va intensiv terapiya bo‘limlariga qo‘shimcha bosim o‘tkazgani sababli qabul qilindi.
“Biz vaqtni yo‘qotishimiz mumkin emas, yana bir lokdaunga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha choralarni ko‘rishimiz kerak. Mamlakat butun iqtisodiyotni jiddiy xavf ostiga qo‘yadigan yangi muvaffaqiyatsizlikka dosh berolmaydi “, degan Konte.
Yangi qoidalarga ko‘ra, Italiya shahar merlari jamoat maydonlari va boshqa joylarni soat 21:00dan keyin yopish huquqiga ega bo‘lib, faqatgina aholi va korxona egalariga kirish huquqi beriladi.
Restoranlar va barlar soat 00:00da yopiladi, stollarga xizmat ko‘rsatishga esa faqat soat 18:00dan keyin ruxsat beriladi. Shuningdek, restoranlarda bir stolda olti kishigacha o‘tirishga ruxsat berilgan.
Qizg‘in bahs-munozaralardan so‘ng, sport zallari va suzish havzalari ochiq qoladigan bo‘ldi, ammo bosh vazir ulardagi vaziyat bir hafta davomida ko‘rib chiqilishini va qoidalarga qat'iy rioya qilinmasa, yopilishini ta'kidladi.
Kontening ta'kidlashicha, maktablar va universitetlar ochiq qolishda davom etadi, ammo ko‘proq masofadan o‘qishga ruxsat berishi kerak. Uning so‘zlariga ko‘ra, Italiya bahorda virus tarqalishiga qarshi kurashda qo‘llanilgan strategiyadan foydalanishga qodir emas, chunki bu mamlakatning endigina oyoqqa turayotgan iqtisodiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
“Biz ham sog‘liqni saqlashni, ham iqtisodiyotni himoya qilishga majburmiz. Hukumat bu o‘z joyida, ammo hamma o‘z vazifasini to‘liq bajarishi kerak”, degan Konte.
Mamlakatda koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha yangi holatlar soni yakshanba kuni antirekord o‘rnatdi, so‘nggi 24 soat ichida kasallanganlar soni 11 705 kishiga yetdi, shuningdek, intensiv terapiyada davolanayotgan bemorlar soni o‘sishda davom etmoqda. Italiyada 69ta yangi o‘lim holati qayd etilib, bu ko‘rsatkich 36 543 kishiga yetdi.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
10:10 / 18.06.2026
O‘zbekistonlik shifokorlar Italiyada 5 ming yevrogacha maosh olishi mumkin
11:00 / 10.06.2026
Parij isroillik vazirga qarshi sanksiyalar joriy qildi
22:05 / 29.05.2026