Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Trampning maxsus vakili Suriyada maxfiy muzokaralar o‘tkazgan
Damashqda Oq uy va Suriya rasmiylari o‘rtasidagi so‘nggi muzokaralar 2010 yilda bo‘lib o‘tgan edi.
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati rasmiylari shu yil boshida Suriyada prezident Bashar Asad vakillari bilan garovga olingan amerikaliklarni ozod qilish bo‘yicha maxfiy muzokaralar o‘tkazgan. Bu haqda 19 oktabr, dushanba kuni “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.
Ma'muriyat manbalariga ko‘ra, Trampning yordamchisi Kesh Patel va Oq uyning terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha yuqori lavozimli rasmiysi Suriyaga uchib ketishgan.
Qayd etilishicha, ular Asad hukumati vakillari bilan uchrashgan. AQSh rasmiylari 2012 yilda Suriyada qo‘lga olingan amerikalik jurnalist Ostin Tayz va 2017 yilda Damashqda hibsga olingan amerikalik shifokor Majid Kamalmazning ozod qilinishini so‘ramoqda.
Damashqda Oq uy va Suriya rasmiylari o‘rtasidagi so‘nggi muzokaralar 2010 yilda bo‘lib o‘tgan. Qo‘shma Shtatlar 2012 yilda Asad tomonidan uning boshqaruviga qarshi bo‘lganlarga tazyiqlar o‘tkazganligiga norozilik sifatida AQSh Suriya bilan munosabatlarni uzgan edi.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026