Jahon | 15:54 / 20.10.2020
8411
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko talabalari namoyishlarda qatnashgan OTMlar rektorlarini ishdan bo‘shatdi

Minsk davlat lingvistika universiteti (MGLU), Belarus davlat madaniyat va san'at universiteti (BGUKI)va Brest davlat texnika universiteti (BrGTU) rektorlari almashgan.

Foto: AP

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakatning uchta yirik oliy ta'lim muassasasiga yangi rektorlarni tayinladi. Bu haqda "Pul pervogo" Telegram-kanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Minsk davlat lingvistika universiteti (MGLU), Belarus davlat madaniyat va san'at universiteti (BGUKI) va Brest davlat texnika universiteti (BrGTU) rektorlari almashgan. Avvalroq ushbu OTMlar talabalari norozilik namoyishlarida qatnashganligi aniqlangandi.

Qayd etilishicha, nemis tili fakulteti dekani bo‘lib ishlagan Natalya Lapteva MGLU, Belarus madaniyat vazirining sobiq birinchi o‘rinbosari Natalya Karchevskaya BGUKI va Belarus milliy texnika universitetining sobiq prorektori Aleksandr Baxanovich BrGTU rektori etib tayinlangan.

Belarusda 9 avgustdan buyon prezident saylovi natijalaridan norozi bo‘lganlarning namoyishlari davom etmoqda. Saylovda amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko g‘alaba qozonganligi e'lon qilingandi. Muxolifat saylov natijalarini tan olmadi va natijalar soxtalashtirilgan deb hisoblamoqda.

Mavzuga oid