Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko mamlakatning uçta yirik oliy ta'lim muassasasiga yangi rektorlarni tayinladi. Bu haqda "Pul pervogo" Telegram-kanali xabar berdi.
Xabarda aytilişiça, Minsk davlat lingvistika universiteti (MGLU), Belarus davlat madaniyat va san'at universiteti (BGUKI) va Brest davlat texnika universiteti (BrGTU) rektorlari almaşgan. Avvalroq uşbu OTMlar talabalari norozilik namoyişlarida qatnaşganligi aniqlangandi.
Qayd etilişiça, nemis tili fakulteti dekani bölib işlagan Natalya Lapteva MGLU, Belarus madaniyat vazirining sobiq birinçi örinbosari Natalya Karçevskaya BGUKI va Belarus milliy texnika universitetining sobiq prorektori Aleksandr Baxanoviç BrGTU rektori etib tayinlangan.
Belarusda 9 avgustdan buyon prezident saylovi natijalaridan norozi bölganlarning namoyişlari davom etmoqda. Saylovda amaldagi prezident Aleksandr Lukaşenko ğalaba qozonganligi e'lon qilingandi. Muxolifat saylov natijalarini tan olmadi va natijalar soxtalaştirilgan deb hisoblamoqda.


















