Jahon | 21:33 / 20.10.2020
4922
2 daqiqa o‘qiladi

Merkel: IShID tahdidi saqlanib qolmoqda

Germaniya kansleri Angela Merkel Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kazimiy bilan uchrashuvi oldidan Berlinda qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazdi.

Merkel xonim Germaniya Iroqni barqarorlashtirish, iqtisodiyot va xavfsizlik uchun ushbu mamlakatni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirgan. 

«IShID mintaqada va mintaqadan tashqarida tahdid bo‘lib qolmoqda», degan Merkel va IShIDga qarshi kurash tugamaganini qayd etgan.

Germaniya kansleri o‘z mamlakati IShIDga qarshi koalitsiya doirasida Iroq barqarorligini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta'kidlagan.

U Iroq hukumatining islohotlarni amalga oshirish istagidan mamnunligini va 2021 yil iyun oyida Iroqda bo‘lib o‘tadigan saylov kuni odamlarning davlat muassasalariga bo‘lgan ishonchini oshirishi mumkinligini aytgan.

Kazimi bilan uchrashuvda iqtisodiy, mintaqaviy va xavfsizlik masalalari muhokama qilingan.

Iroq bosh vaziri Germaniyaning IShIDga qarshi va mintaqani barqarorlashtirish uchun olib borayotgan sa'y-harakatlarini yuqori baholashini bildirgan. U qochqinlar va ichki migratsiya kabi ko‘plab sohalarda Germaniya bilan hamkorlik qilishni istashlarini ham ta'kidlagan.

Shuningdek, nemis kompaniyalarini «Iroqdagi energiya infratuzilmasi sohasiga sarmoya kiritishga» chaqirgan.

Mavzuga oid