Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senatning sakkizinchi yalpi majlisi 21 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi
2020 yil 19 oktabr kuni Oliy Majlis Senati kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uni parlament yuqori palatasi raisi Tanzila Norboyeva olib bordi.
Majlisda Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisini 2020 yil 21 oktabr kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Videokonferensaloqa tarzida o‘tkaziladigan yalpi majlisda quyidagi qonunlar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan:
- “Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida”
- “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”
- “Jamoat xavfsizligini ta'minlashga doir qonun hujjatlari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”
- “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”
Bundan tashqari, Jizzax viloyati hokimining hududlarni rivojlantirish hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyati haqidagi hisobotini eshitish ham nazarda tutilgan.
Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlashdagi muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.
Shu bilan birga, qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala hamda jazo turlarini qo‘llash bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilishi holati yuzasidan Ichki ishlar vazirligi va Bosh prokuraturaga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari muhokama qilinishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash va sohaga oid qonun hujjatlarining ijro etilishi holati, qolaversa, tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va nogironlikni aniqlash masalalari borasida Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovlari natijalari ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026