Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada koronavirus sababli ommaviy reydlar o‘tkazilishi e'lon qilindi
Gigiyena bo‘yicha kengash qaroriga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari politsiya reydlari o‘tkazadi va jamoat joylarida qoidalarga rioya qilinishini tekshiradi.
Turkiyaning Antalya shahrida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha choralar kuchaytirilgani e'lon qilindi. Bu haqda Milliyet nashri xabar berdi.
Yangi choralar mahalliy aholiga ham, turistlarga ham taalluqli bo‘ladi. Xususan, gigiyena bo‘yicha kengash qaroriga ko‘ra, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari politsiya reydlari o‘tkazadi va jamoat joylarida qoidalarga rioya qilinishini tekshiradi.
Temir yo‘l va avtovokzallar, aeroportlar, savdo markazlari, ko‘ngilochar parklar, qahvaxona, restoran, bozor va plyajlarda niqob taqish va ijtimoiy masofa saqlash majburiy etib belgilandi.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq holatlar soni 350 mingga yaqinlashgan, 9,3 mingdan ortiq bemor vafot etgan.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026