Jahon | 15:09 / 21.10.2020
9901
2 daqiqa o‘qiladi

Asad garovga olingan amerikaliklarni ozod qilish uchun shartlarini aytdi

Suriya prezidenti Bashar Asad ikki nafar amerikalikni ozod qilish evaziga AQShning sanksiyalari bekor qilinishi va amerikalik harbiylar Suriyadan olib ketilishini istamoqda.

Foto: Russian Foreign Ministry / Handout

Livan bosh xavfsizlik bo‘yicha direktori general-mayor Abbos Ibrohim Vashingtonga tashrif buyurgan va u o‘zi bilan birga amerikalik jurnalist Ostin Tays va etnik suriyalik bo‘lgan, Amerika sog‘liqni saqlash xizmati xodimi Majd Kamalmaz haqida ma'lumot olib kelgan.

2012 yil Suriyadagi urushni yoritish mobaynida yo‘qolgan Tays va 2017 yilda Damashqdagi nazorat punktida to‘xtatilgan psixoterapevt Kamalmaz Suriya kuchlari tomonidan olib ketilgan deb taxmin qilinmoqda.

«Ibrohim Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayyen bilan to‘rt soat davomida muloqot qilib, ikki kishining qayerdaligi haqidagi noaniqlikka barham berish bo‘yicha muzokaralar doirasida Suriyaning talablarini bayon qilgan», deyilgan livanlik mansabdordan iqtibos keltirgan Newsweek jurnali xabarida.

Livan rasmiysi va muhokamalardan xabardor bo‘lgan suriyalik manbaning ta'kidlashicha, Asad hukumati AQSh sanksiyalarini olib tashlash va Al-Tanf garnizoniga joylashtirilgan qo‘shinlarni olib chiqish bo‘yicha prezident Donald Tramp ma'muriyati bilan kelishuvga erishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp mart oyida Asadga maktub yozib, Taysning ozod qilinishini uchun «to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot» qilish taklifini bergandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid