Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nyu-York avtosaloni pandemiya sababli uchinchi marta boshqa sanaga ko‘chirildi
Nyu-York avtosaloni o‘tkazilishi koronavirus pandemiyasi sababli uchinchi marta boshqa sanaga ko‘chirildi. Dastlab avtosalon 2020 yil aprelida o‘tishi kerak edi.
Foto: Getty Images
Biroq u pandemiya sababli dastlab avgust oyiga, keyin esa 2021 yil apreliga qoldirilgandi. Endi esa avtosalonni 2021 yilning avgustida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Ma'lum qilinishicha, avtosalon biznes va matbuot vakillari uchun 2021 yilning 19 avgustida ochiladi, 20-29 avgust kunlari esa unga barcha istovchilar tashrif buyurishi mumkin bo‘ladi. Biroq pandemiya ko‘rgazma tashkilotchilarini o‘z rejalarini o‘zgartirib, avtosalonni yana ko‘chirishga majbur qilishini istisno qilib bo‘lmaydi.
Pandemiya mart oyidan beri barcha yirik avtosalonlarning bekor qilinishi yoki boshqa sanaga ko‘chirilishiga sabab bo‘ldi. Bundan faqat Pekin avtosaloni mustasno bo‘ldi va u sentyabrda o‘tkazildi. Unda 100dan ortiq yangi mashinalar, jumladan 80dan ortiq mahalliy va 20ga yaqin jahon modellari namoyish qilindi.
Mavzuga oid
12:08 / 28.10.2025
Avtosalonlarda kafolat muddati bilan bog‘liq kamchiliklar aniqlandi
10:35 / 20.09.2025
“Lixiang L9 uchun 67 ming dollar to‘lagandim” - “Premier Motors” fuqarolarni chuv tushirdi
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
12:22 / 12.09.2025