Sardor Umurzoqov Afg‘oniston prezidenti bilan uchrashdi
Joriy yilning 20 oktabr kuni O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Kobul shahriga tashrifi chog‘ida O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, sanoat, mintaqaviy va madaniy-gumanitar sohalarida hamkorlik qilish masalalarining keng doirasi muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi ishonchga asoslangan munosabatlarning yuqori darajasi hamda turli darajadagi ikki tomonlama hamkorlikning ochiq va konstruktiv xususiyati qayd etildi. Tomonlar Doha shahrida (Qatar) muzokara jarayonini davom ettirishga sodiqligini ham tasdiqladi.
Tomonlar investitsiyalar, savdo, energetika, transport va infratuzilmani rivojlantirish sohasidagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish orqali Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarini rivojlantirishga mo‘ljallangan amaliy hamkorlikka o‘zaro tayyorligini bildirdi.
Ashraf G‘ani transport yo‘laklarini rivojlantirish sohasida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini jalb etish maqsadida xalqaro moliya institutlari, xususan, AQShning Xalqaro taraqqiyot moliya korporatsiyasi, Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Uchrashuv yakunida siyosiy, savdo-iqtisodiy, moliyaviy, energetika, transport-logistika, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»ni ishlab chiqish maqsadida har ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Tomonlar «Yo‘l xaritasi»ga kiritilgan tadbirlar amalga oshirilishini har oyda ko‘rib chiqishga kelishib oldi.
Mavzuga oid
00:28 / 19.09.2024
Dunyoda bir oy ichida qariyb 50 ming kishida vabo aniqlandi
19:07 / 13.09.2024
Abdulaziz Komilov AQShning Afg‘oniston bo‘yicha vakili bilan uchrashdi
16:56 / 10.09.2024
“Tolibon” davlatchilikni qanchalik uddalayapti?
12:46 / 10.09.2024