Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bobomurod Abdullayevga xorijga chiqish pasporti topshirildi
Taniqli jurnalist, ijtimoiy tarmoqlarda «Usmon Haqnazar» taxallusi ostida ijod qilgan Bobomurod Abdullayevga xorijga chiqish pasporti topshirildi.

Bugun, 23 oktabr O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi rasmiylari tomonidan jurnalist Bobomurod Abdullayevga xorijga chiqish pasporti topshirildi. Shuningdek, jurnalistga nisbatan barcha tergov va surishtiruvlar tugatilgani, sud ishi ham yakunlangani, endi unga oid O‘zbekiston ichida va xorijga chiqish bilan bog‘liq har qanday cheklovlar bekor qilingani bildirildi.
O‘z navbatida, Bobomurod Abdullayev bu yangilik o‘zi uchun kutilmagan holat bo‘lgani va bundan xursandligini bildirdi.


Eslatib o‘tamiz, Bobomurod Abdullayev 2018 yilning may oyi boshida jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, har oylik ish haqining 20 foizini davlat daromadiga ushlab qolgan holda uch yilga axloq tuzatish ishlariga hukm qilingandi.
Mavzuga oid
14:23 / 06.11.2025
YeI Serbiyadan rossiyaliklarga pasport berishni cheklashni talab qilmoqda
21:07 / 14.10.2025
AQSh pasporti dunyoning eng kuchli o‘nta pasporti reytingidan chiqib ketdi
00:16 / 24.03.2021
Xorijga chiqish pasporti va FHDlarni olishda propiska tartibi bekor bo‘ladi
17:52 / 13.01.2021