
Jinoyat işlari böyiça Toşkent şahar sudida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 159-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangan sudlanuvçilar Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Şavkat Olloyorov va Ravşan Salayevlar işi böyiça sud majlisi tugadi.
KUN.UZ muxbirining xabar berişiça, Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Şavkat Olloyorov va Ravşan Salayevlar sud majlisidan ozodlikka çiqarildi.
Sud Bobomurod Abdullayevni yuqorida körsatilgan modda böyiça aybdor deb topdi va uni iş haqining 20 foizini davlat daromadiga uşlab qolgan holda uç yilga axloq tuzatiş işlariga hukm qildi. Bobomurod Abdullayev hibsda 221 kun saqlangani e'tiborga olinib, bu muddat çiqarib taşlandi. Şu tariqa, endi bir yildan biroz köproq axloq tuzatiş işlari qoldi.

Hayotxon Nasriddinov, Şavkat Olloyorov va Ravşan Salayevlar aybsiz deb topildi hamda oqlandi.
Bobomurod Abdullayev, Hayotxon Nasriddinov, Şavkat Olloyorov va Ravşan Salayevlar sud zalidan ozodlikka çiqarilgan.











