Jahon | 00:03 / 25.10.2020
26707
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiya Erdo‘g‘anning so‘zlaridan so‘ng Turkiyadagi elchisini chaqirtirib oldi

Avvalroq Turkiya prezidenti fransiyalik hamkasbi Emmanyuel Makronni Islom diniga nisbatan bildirgan fikrlari uchun tanqid qilgandi.

Foto: Anadolu Agency

Parij Anqaradagi elchisini maslahatlashuvlar uchun chaqirtirib oldi, deb xabar bermoqda BFMTV.

Parij yaqinida tarix o‘qituvchisi Samyuel Pati Abdulaxan Anzorov tomonidan o‘ldirilgach, Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron mamlakatning dunyoviy qadriyatlarini radikal islomdan himoya qilishga va'da berdi. Shu bilan birga, Fransiya yetakchisi Islom dini butun dunyoda inqirozni boshidan kechirayotganini aytdi.

Uning aynan mana shu so‘zlari Turkiya prezidentining g‘azabini keltirdi. Erdo‘g‘an bunday so‘zlarni ruhan nosog‘lom odamgina gapirishi mumkinligini, Makron ruhiy davolanishga muhtojligini bildirdi.

Turkiya prezidenti shuningdek, Yevropa «musulmonlarga qarshi front ochish» bilan o‘zini o‘zi tamom qilayotganligini aytdi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid