Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron ruhiy davolanişga muhtojligini aytdi. U Makronning Islom dini töğrisidagi sözlariga ana şu tarzda munosabat bildirdi.

"Makron ismli bu odamning Islom va musulmonlar bilan qanday muammosi bor? Öz mamlakatidagi boşqa dinga e'tiqod qiladigan millionlab aholiga nisbatan nomaqbul munosabatda bölgan davlat rahbariga nima deyiş mumkin? Makronning ruhiy xastaligini davolaş talab qilinadi”, – dedi Erdöğan.

 U şuningdek, Berlindagi masjidlarda tintuvlar ötkazilişi islomofobiyaning körinişi ekanligini aytdi.

“Islomga nisbatan bunday duşmanlarça munosabat Turkiyaga ham duşmanlarça munosabat ekanligini unutmasligimiz lozim", – dedi Turkiya rahbari.

Erdöğanning ta'kidlaşiça, "musulmonlarga nisbatan bunday huquqbuzarlik Yevropa faşizmining yangi bosqiçga ötayotganidan darak beradi".

Makron 2 oktabr kuni Fransiya jamoatçiligini islom separatizmiga qarşi qat'iy kuraşga çaqirgandi.