Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyaning eng yirik aviakompaniyasi 3,5 ming xodimini qisqartiradi
Yaponiyaning eng yirik aviakompaniyasi All Nippon Airways 3,5 ming xodimini qisqartirmoqchi. Shu bilan birga, kompaniya bo‘shatiladigan xodimlariga yangi ish topishda ko‘mak berishga va'da bergan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yapon aviakompaniyasida 20 mingga yaqin xodim ishlaydi.
Avvalroq aviakompaniya yonilg‘i va xizmat ko‘rsatish uchun katta xarajatlar talab qiluvchi samolyotlarining yarmidan xalos bo‘lmoqchiligi ma'lum qilingan.
Oktabr boshida aviakompaniya pandemiya sababli ko‘rilgan zararni qoplash uchun o‘z xodimlari maoshlarini 30 foizga qisqartirishi va bonuslarni bekor qilishini e'lon qilgan.
Ta'kidlanishicha, pandemiya sababli yapon aviakompaniyalari xalqaro reyslari 99 foizga qisqarib ketgan.
Mavzuga oid
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026
Yaponiya O‘zbekistonda energiya samaradorligini oshirish uchun 230 mln dollar kredit ajratadi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
23:17 / 07.06.2026