Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
28 oktabr kuni O‘zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma'lumoti
Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 28 oktabr kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.
Foto : KUN.UZ
Toshkent shahri. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-5 daraja, kunduzi 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10 daraja, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba'zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:42 / 29.12.2025
Hafta davomida beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda – O‘zgidromet
12:12 / 26.12.2025
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
09:59 / 23.12.2025
O‘zgidromet: inversiya jarayonlari faollashib, havo sifati yomonlashishi mumkin
16:59 / 22.12.2025