Andijonda avtomobillarga gaz to‘ldirish vaqti uchun cheklov belgilandi
Andijon viloyati haydovchilari o‘z avtomobillariga har kuni faqat soat 16:00gacha gaz quydirishi mumkin bo‘ladi.
«Hududgaz Andijon» gaz ta'minoti filiali ma'lum qilishicha, texnologik rejim jarayonlaridagi gaz bilan bog‘liq ishlar bajarilishi munosabati bilan viloyatga keluvchi tabiiy gaz bosimida pasayish kuzatilmoqda.
Taqsimotga ko‘ra, tabiiy gaz birinchi navbatda aholi va ijtimoiy soha obektlarini uzluksiz ta'minlashga qaratilgan. Shundan kelib chiqib, viloyatdagi avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchalariga tabiiy gaz yetkazib berish joriy yilning 27 oktyabridan boshlab har kuni ertalab soat 06:00dan kech soat 16:00ga qadar belgilandi.
Viloyatdagi barcha haydovchilardan o‘z avtomobillariga gaz to‘ldirishda har kunlik belgilangan 06:00 – 16:00 vaqt oralig‘ida gaz to‘ldirishni texnika xavfsizligi qoidalari asosida amalga oshirish so‘ralmoqda.
Shuningdek, viloyatdagi mavjud 81ta gaz to‘ldirish shoxobchalari avtomobillarga mazkur vaqt oralig‘ida yoqilg‘i yetkazib berish quvvatiga ega ekanligi eslatib o‘tilgan.
Gaz-zapravkalarga cheklangan vaqt davomida gaz yetkazib berish tartibi qachongacha davom etishi noma'lum
Mavzuga oid
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024
5 sotix yerni fuqaroga rasmiylashtirib bermoqchi bo‘lgan ekologiya bo‘limi bosh inspektori 20 ming dollar bilan ushlandi
16:17 / 02.11.2024
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52 / 02.11.2024