Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadagi maxsus kasb-hunar maktablarida an'anaviy o‘qish boshlandi
«Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoniga muvofiq Farg‘ona viloyatida 2020-2021 o‘quv yilidan 9-sinf bitiruvchilarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshlang‘ich professional ta'lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan 33 ta kasb-hunar maktabida an'anaviy shaklda o‘qitish amaliyoti boshlandi.
2020-2021 o‘quv yilidan boshlab viloyatdagi 33 ta kasb-hunar maktabida 37 ta kasb bo‘yicha 9 353 nafar o‘quvchi uchun professional ta'lim berish jarayoni boshlangan. Bunday maktablardagi ta'limdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarda kreativlik, kommunikativlik, kasbiy savodxonlik, jamoada ishlash, tashabbuskorlik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.

Dars jarayonlaridagi muhim o‘zgarishlardan biri shundaki, nazariy soatlardan ko‘ra ko‘proq amaliyotga urg‘u beriladi. Shuningdek, «Dual ta'lim» prinsiplari asosida o‘qitish va o‘rganish joriy etiladi.
Professional ta'lim muassasasalarining ochilish tadbirlarida Farg‘ona viloyati kasbiy ta'limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi mas'ullari va tuman, shahar hokimlari ishtirok etgan.
Mavzuga oid
09:50 / 12.06.2026
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
11:00 / 09.06.2026
Farg‘onada Soliq Mobile orqali 3,2 mlrd so‘mlik keshbek talon-toroj qilindi
15:10 / 20.05.2026
Qo‘qonda 19 yoshli qiz qotillikka qo‘l urdi
08:45 / 15.05.2026