AQSh prezidenti saylovida 70 milliondan ortiq amerikalik ovoz berib bo‘ldi
Tahlilchilar fikricha, muddatidan avval ovoz beruvchilarning ko‘pligi o‘z tarafdorlarini avvaldan ovoz berishga chaqirgan Jo Bayden foydasiga xizmat qiladi.
Prezident saylovi o‘tkazilishiga bir hafta qolganida 70 milliondan ortiq amerikalik muddatidan avval ovoz berib bo‘ldi. Bu haqda Florida shtati universiteti professori Maykl Makdonald rahbarligidagi United States Elections Project loyihasida ma'lum qilindi.
28 oktabr holatiga ko‘ra, qariyb 70,5 million saylovchi muddatidan avval ovoz bergan. Bu 2016 yilda bo‘lib o‘tgan saylovda qatnashgan jami saylovchilarning yarmini tashkil etadi. O‘shanda 138,8 million kishi ovoz bergandi.
Loyihada berilgan ma'lumotga ko‘ra, muddatidan avval ovoz berishda respublikachilarga nisbatan demokratik partiya a'zolari ko‘proq qatnashgan.
Dpa agentligining tahlilchilar fikriga tayanib qayd etishicha, muddatidan avval ovoz beruvchilarning ko‘pligi o‘z tarafdorlarini avvaldan ovoz berishga chaqirgan Jo Bayden foydasiga xizmat qiladi. Donald Tramp esa aksincha, muddatidan avval ovoz berish saylov natijalarini soxtalashtirishda qo‘l kelishi mumkinligini aytgandi.
AQShda prezident saylovi 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
22:51 / 22.11.2024
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
21:25 / 22.11.2024
Rossiya ortidan AQSh ham yadro strategiyasini o‘zgartirdi
13:52 / 22.11.2024
AQSh O‘simliklar karantini agentligiga 205 ming dollarlik uskunalar topshirdi
21:00 / 21.11.2024