Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada qat'iy karantin joriy qilinadi
Germaniyada koronavirusga chalinish holatlari ko‘payayotgani sababli 2 noyabrdan karantin choralari kuchaytiriladi. Jumladan, Germaniyada teatrlar, konsert zallari, kinoteatrlar, sport inshootlari yopiladi.
Berliner Morgenpost nashrining xabar berishicha, Germaniya kansleri Angela Merkel 16 ta federal yer rahbarlari bilan videoanjuman o‘tkazib, unda noyabr oxirigacha amal qiladigan yangi karantin cheklovlari rejasini muhokama qilgan.
Rejaga ko‘ra, Germaniyada teatrlar, konsert zallari, kinoteatrlar, attraksionlar va ko‘ngilochar bog‘lar, fitnes-studiyalar, sport inshootlari, basseynlar, bar, restoran va pablar, go‘zallik salonlari, massaj xonalari yopiladi.
Maktablar va bolalar bog‘chalari ochiq qoladi, biroq ulardan gigiyenaning yangi bayonnomalarini kiritish talab etiladi.
Shuningdek, ijtimoiy aloqalarni cheklash rejalashtirilmoqda. Jumladan, jamoat joylarida eng ko‘pi bilan ikkita oilaning vakillari 10 kishidan oshmagan holda uchrashishi mumkin. Futbol uchrashuvlari esa tomoshabinlarsiz o‘tadi.
2 haftadan so‘ng, taxminan 11 noyabrda Merkel erishilgan natijalarni muhokama qilish va tuzatmalar kiritish uchun yana bir onlayn-uchrashuv o‘tkazadi.
Germaniyada so‘nggi sutkada 14,9 mingta yangi kasallanish holati qayd etildi. Oxirgi kunlarda mamlakatda kunlik kasallanish holatlari soni 10 mingtadan oshmoqda.
Ta'kidlanishicha, bu Fransiya va Belgiyadagi ko‘rsatkichlardan pastroq, biroq gap kasallanish holatlarining tobora ko‘payishi haqida bormoqda va hafta oxiriga Germaniyada kunlik kasallanish holatlari soni 20 mingtani tashkil qilishi mumkin.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:15 / 22.06.2026
Germaniyada ishlashni istovchilar uchun yangi dasturlar ishga tushirildi
12:04 / 18.06.2026
O‘zbekiston va Germaniya birinchi xonimlari inklyuziv ta’lim masalalarini muhokama qildi
21:45 / 17.06.2026