Jahon | 17:17 / 28.10.2020
18679
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya yangi raketasini sinovdan o‘tkazdi

Raketa hujumidan mudofaa tizimining yangi raketasi sinovi Sari-Shag‘an poligonida (Qozog‘iston) muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazilgan.

Foto: TASS

Rossiya havo-kosmik kuchlari raketa hujumidan mudofaa tizimining yangi raketasini sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligi xabar berdi.

 Xabarda aytilishicha, sinov Sari-Shag‘an poligonida (Qozog‘iston) muvaffaqiyatli tarzda amalga oshirilgan.

 Havo-kosmik kuchlari raketa hujumidan mudofaa bo‘linmasi komandiri general-mayor Sergey Grabchukning so‘zlariga ko‘ra, «qator sinovlardan so‘ng yangi mudofaa tizimining barcha xususiyatlari tasdiqdan o‘tgan, berilgan jangovar vazifalar aniqlik bilan bajarilgan».

Rossiya mudofaa vazirligi Sari-Shag‘an poligonida raketa sinovi o‘tkazilganligi to‘g‘risida oxirgi marta 2019 yil iyulda xabar bergandi.  

 

Mavzuga oid