Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda dastlabki eshituv instituti joriy etiladi
2020 yil 28 oktabr kuni Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar jinoyat protsessiga jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv institutini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda ko‘rib chiqdilar.
Parlament saytida xabar berilishicha, qonun loyihasi yuzasidan Oliy sud raisining o‘rinbosari I. Muslimov va mas'ul qo‘mitaning ma'ruzalari eshitildi.
Ta'kidlanganidek, qonun loyihasi bilan sudda ishlarni ko‘rishda inson huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va taraflarning bahslasha olish tamoyilini amalda ro‘yobga chiqarish maqsadida jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda dastlabki eshituv institutini joriy etish belgilanyapti.
Jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki eshituv institutining joriy etilishi sudga kelib tushgan jinoyat ishlarini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichida taraflarning ishtirok etishiga xizmat qiladi, deyiladi ma'lumotda.
Ta'kidlanishicha, bugungi kunda ushbu bosqichda taraflar ishtiroki cheklangani sababli mazkur jarayonda hal etilishi lozim bo‘lgan muhim masalalarni (masalan ishni tugatish yoki to‘xtatish) sudya yakka tartibda hal etishga majbur. Oqibatda, sudya cheklangan ma'lumotga ega bo‘lganligi uchun bunday masalalar hal etilmasdan qoladi va asosiy bosqich – umumiy sud majlisiga barcha ishtirokchilar chaqirilib, fuqarolarning sarson bo‘lishiga olib keladi. Qonun loyihasi bilan bu kabi muammolar bartaraf etilyapti.
Deputatlarning ta'kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi jinoyat ishini umumiy asoslarda ko‘rishga monelik qilayotgan sabablarni tezkor bartaraf etish imkoniyatini beruvchi qarorlar qabul qilish jarayonida taraflarning tortishuvi prinsipga so‘zsiz rioya etilishiga, sud muhokamasi chog‘ida faqat maqbul dalillardan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratishga hamda jinoyat protsessida shaxsning konstitutsiyaviy huquqlariga rioya etilishini ta'minlashga va uning oldida belgilangan vazifalarni hal etishga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026