Jahon | 22:24 / 30.10.2020
19023
1 daqiqa o‘qiladi

Imomali Rahmon Tojikiston hukumatini iste'foga jo‘natdi

Tojikiston prezidenti 30 oktyabrda hukumatni iste'foga jo‘natdi va uning a'zolari zimmasiga yangi tarkib shakllantirilgungacha o‘z vazifalarini bajarish majburiyatini yukladi. 

Foto: president.tj

Tojikiston prezidentining tegishli farmonida ta'kidlanishicha, hukumat bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari raislari tarkibida hukumatning yangi a'zolari tayinlangunga qadar o‘z vazifalarini bajarishni davom ettiradi.  

Avvalroq 30 oktyabrda Dushanbeda Rahmonning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi va u 5-muddatga prezident lavozimini bajarishga kirishdi.  

Mavzuga oid