Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Gruziyaga bosh vazirlik qilishdan voz kechdi
Avvalroq «Yagona milliy harakat» partiyasi bosh vazirlikka Saakashvili nomzodini ilgari surgandi.
Foto: Reuters
Gruziyaning sobiq prezidenti, bosh vazirlikka nomzod Mixail Saakashvili hukumat rahbari lavozimini egallashdan voz kechdi, deb xabar bermoqda Imedinews.
«Meni hech qanday lavozim, jumladan Gruziya bosh vaziri lavozimi ham qiziqtirmaydi», — dedi Saakashvili.
Avvalroq «Yagona milliy harakat» partiyasi bosh vazirlikka Saakashvili nomzodini ilgari surgandi.
Shu bilan birga, Saakashvili gruzin xalqiga «qo‘l ko‘targanlarga qarshi oxirigacha borishini» ta'kidladi.
31 oktabr kuni Gruziyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Parlamentdagi 150 deputatlik o‘rni uchun 48 partiya va ikkita muxolifat bloki da'vogarlik qildi.
Ekzit-pol ma'lumotlariga ko‘ra, saylovlarda «Gruziya orzusi» koalitsiyasi yetakchilik qilmoqda. «Imedi» telekanali ekzit-poliga ko‘ra, koalitsiya 55 foiz, «Yagona milliy harakat — «Kuch birlikda» birlashgan muxolifati» 23 foiz ovoz to‘plagan.
Mavzuga oid
23:19 / 13.11.2025
Saakashvili 2022 yildan beri yashagan klinikadan qamoqqa qaytarildi
08:52 / 13.11.2025
Mixail Saakashvili kasalxonadan yana qamoqqa qaytarildi
23:41 / 29.09.2025
Sud Saakashviliga Gurjiston budjetiga uch million dollar to‘lashi haqida hukm chiqardi
21:42 / 08.04.2025