Jahon | 23:34 / 02.11.2020
10855
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada 3 yil davomida 1,2 milliondan ko‘proq muhojir qabul qiladi

Kanada keyingi 3 yil davomida 1,2 mlndan ko‘proq muhojir qabul qilishni rejalashtirmoqda.  

Foto: Pixabay

Kanadaning immigratsiya, qochqinlar va fuqarolik masalalari bo‘yicha vaziri Marko Mendichino hukumatning 2021-2023 yillarga mo‘ljallangan tegishli rejasini taqdim qildi. Uning aytishicha, mamlakat muhojirlarni jalb qilish hisobiga mehnat bozoridagi bo‘shliqni to‘ldirishga va pandemiyadan kuchli zarar ko‘rgan iqtisodiyotini jonlantirishni ko‘zlamoqda.

Rejaga ko‘ra, Kanada 2021 yilda 401 ming, 2022 yilda 411 ming va 2023 yilda 421 ming muhojir qabul qiladi. Hukumatning shu davrga tuzilgan avvalgi rejasiga nisbatan yangi rejada qabul qilinadigan muhojirlar soni yiliga 50 ming kishiga oshirilgan.

“Iqtisodiyotning qisqa muddatda tiklanishi va uzoq muddatli ravnaq topishiga kalit immigratsiya hisoblanadi”, deb ta'kidlab o‘tgan Mendichino.

Vazirning aytishicha, muhojirlar shifoxonalar va qariyalar uyida ishlab, pandemiya vaqtida “muhim rol” o‘ynashdi. Shuningdek, Kanadadagi tadbirkorlarning uchdan bir qismini muhojirlar tashkil qiladi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid