O‘zbekistonda dasturchilar qancha maosh olishi ochiqlandi
IT Park O‘zbekistonda dasturchilar qancha maosh olishi haqidagi ma'lumotlarni e'lon qildi.

Foto: UA
MODME texnik direktori va asoschisi Ruslan Yo‘ldoshevning aytishicha, dasturchilarning ish haqi keyingi o‘n yil ichida mehnat bozorida o‘rtacha ish haqidan oshib boradi.
“O‘zbekistonda, shaxsiy kuzatuvlarimdan kelib chiqadigan bo‘lsam, mazkur sanoatda bir necha yildan beri faoliyat yuritib kelayotganlar 400 dollardan 800 dollargacha, tavsiya qilinadigan tajribaga ega bo‘lganlar esa 1200-2000 dollargacha maosh oladi.
Agar global bozor haqida gapiradigan bo‘lsak, masalan, yaqin tanishim masofaviy ishlash uchun oyiga 6000 dollar minimal ish haqi oladigan Frontend dasturlash lidini bir necha hafta qidirdi. O‘zbekistonlik do‘stlarimning bir nechtasi ushbu taklifga qiziqish bildirmadi, ehtimol, ular yetarli maosh olishyapti va ayni paytda o‘zlari uchun qulay sharoitlarda ishlayapti”, – deydi Ruslan Yo‘ldoshev.
Ish haqi masalasi dasturchi bo‘lishni istaydigan har bir kishini qiziqtiradi. Aslida, dasturchining ish haqi o‘zgarib turadi va bu mutaxassisning tajribasiga bog‘liq. Mantiqan olib qaraganda, IT mutaxassisi qanchalik tajribali bo‘lsa, uning maoshi shunchalik baland bo‘ladi. Misol uchun, oddiy dasturchi 500-900 dollar va undan yuqori daromad olishi mumkin. Ammo u dasturlashda yetarlicha tajribaga ega bo‘lsa, maoshi oyiga 2000 dollarga yetishi mumkin.
“Real loyihalarga ega yosh dasturchilar birdaniga katta maosh olishni istashadi, biroq bu ilojsiz. O‘rtacha, qoniqarli bilimga ega bo‘lgan boshlang‘ich dasturchi 200-300 dollar atrofida haq olishi mumkin va u bunday pulni ish tajribasiz olganida yanada yaxshi bo‘lar edi.
Haqiqiy loyihalar bilan ishlash borasida 2 yillik tajribaga ega dasturchilar allaqachon 1000 dollar va undan yuqori ish haqi olishlari mumkin, bularning barchasi individual bo‘lib, ko‘p hollarda dasturlash borasidagi qobiliyat va ishlayotgan kompaniyaga bog‘liq. Shunga ko‘ra, katta tajribaga ega dasturchilar juda yaxshi pul olishi mumkin.
Bundan tashqari, asosiy ishdan tashqari, har qanday dasturchi frilanserlik deb ataladigan uchinchi tomon buyurtmalarini bajarishi mumkin, bu esa uning daromadini oshiradi”, – deydi IT Park veb loyihalari bosh ishlab chiqaruvchisi va menejyeri Maksim Stifeyev.
Mahalliy bozorda Frontend, Backend, PHP dasturchisining ish haqi o‘rtacha 8-10 million so‘mdan 20-30 million so‘mgacha, 1S dasturchida 3 million so‘mdan, Fullstack dasturchida 10-15 million so‘mdan 20-30 million so‘mgacha bo‘lishi mumkin. Miqdorlar farq qiladi. Shunga qaramay, barchasi tajribaga, ish hajmiga va kompaniyaga bog‘liq. Bunda mutaxassislik muhim rol o‘ynaydi.
Dasturchi yangi va kam tajribaga ega bo‘lsa, unda ish haqi juda kam bo‘lishi mumkin. Ammo tajriba va bilimlarni oshirishi bilan ish haqi ham tezlikda o‘sishni boshlaydi. O‘zbekistonda tajribali dasturchilar oyiga o‘rtacha 1000-1500 dollar oladi, deyiladi IT Park ma'lumotida.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp tariflar bilan bog‘liq muvaffaqiyatsizlikda yordamchilarini aybladi – OAV
Jahon | 23:51 / 12.04.2025
-
Tramp Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Jahon | 22:54 / 12.04.2025
-
Dunyodagi eng tez fuqarolik samolyoti uchishga tayyor
Jahon | 21:42 / 12.04.2025
-
Piskentdagi avtomobil sinovining videosi tarqaldi. Mas’ullar “noto‘g‘ri talqin” bo‘layotganini aytmoqda
O‘zbekiston | 21:25 / 12.04.2025
Mavzuga oid

11:53 / 01.01.2025
“Ta’limni ovqatlanish narxida olish mumkinligini isbotladik” – Google, Amazon, Facebook tajribasida o‘qitayotgan o‘zbek dasturchisi

13:56 / 04.12.2024
«Bir million dasturchi» loyihasida eng yaxshi natija ko‘rsatgan maktabga elektromobil beriladi

18:20 / 12.11.2024
“Muammo – erinchoqligimizda”: odamdagi stress darajasini aniqlash ustida ishlayotgan o‘zbekning dasturchi qizi

10:07 / 28.06.2024