Azim Pölat – Google'da dasturçi injiner. Google'gaça Amazon va Facebook kompaniyalarida dasturçi sifatida işlagan. Dasturlaşda 7 yillik tajribaga ega. “Dasturlaşni 42 kunda örganiş” ğoyasi ostidagi “42.uz” loyihasi asosçisi. Jamiyatimizga texnologik yeçimlar bilan birgalikda innovativ ögatiş tizimini ham joriy qilmoqçi
Har kimning öz qadryatlari bor. Va bu qadryatlarni inson ulğaygani sayin özgartiriş qiyinlaşib boraveradi. Inson qadryatlarini matematika va dasturlaşdagi optimizatsiyalaş muammosiga qiyoslaş mumkin. Ya’ni nimanidir kamaytiriş evaziga nimanidir oşiriş uçun qilingan xatti-harakatlar majmuasi. Azim Pölat hayotida pulga muhtoj davrlardan köp marotaba ötganligi uçun vaziyatni quyidagiça izohlaydi:
“Yillar davomida şakllanib kelgan öz qadryatlarim bor. Buni dasturlaşdagi optimizatsiyalaş muammosiga öxşataman. Bu degani nimanidir kamaytiriş evaziga, nimanidir oşiriş degani. Endi savol tuğiladi, men hayotda nimani optimizatsiyalamoqçiman? Men hayotimda pulga muhtoj vaqtlarimda pulsiz ham hayotda nimagadir erişiş mumkinmi degan savolga köp duç kelardim. Va bugun uşbu savolga baralla “ha” degan javobni har kuni olaman” – deydi u.
Misol tariqasida u Hackaton musobaqasida yutganligi uçun Yevropada bepul sayohat qilganligini, dunyo poytaxti – London’da esa amaliyot uçun 3 oy yaşaganligini va Singapurga esa xalqaro konferensiya uçun borganligini keltiradi.
“Odamlar soğlom bölişim uçun pulim köp bölişi kerak deb hisoblaşadi. Yoki yaxşi hurmat-ehtiromga faqat yangi ferrari yoki haşamat bilan erişiş mumkin deb öylaşadi. Lekin unday emas, soğlom böliş uçun pulingiz köp bölişi emas, askinça, turmuş tarziga nisbatan munosabatingizni özgartirişingiz kerak. Jamiyatda ehtiromga erişiş uçun esa şunçaki odamlarga qiymat beriş kerak. Ularni muammolariga yeçim beriş kerak. Men öqitiş orqali sönggi vaqtlarda şuni ta’mini his qilişni boşladim” – deydi Azim Pölat.

Ta’limni ovqatlaniş narxida oliş mumkinligini isbotladik
Azim Pölat bu safar dasturlaşga qanday kirib kelganligini va Google'dagi muvaffaqiyatli karerasi haqida emas, ta’lim tizimiga özi bergan yeçimlar haqida töxtalib ötdi:
“Özim duç kelgan muammo haqida aytib bermoqçiman. Men dasturlaşga qiziqib, örganişga qaror qilganman. Va öquv markazlaridan biriga döstim bilan borganmiz. Öşanda kurs pulini şunçalik qimmat aytişgandi. Juda ham qattiq ranjiganmiz va biz heç qaçon dasturlaşni örgana olmas ekanmiz-da, deb öylaganman öşanda. Ammo döstim yonimda turib dalda bergan onlayn bölsa ham örganişimiz mumkinligini aytgan. Şu tariqa, onlayn ta’lim va dasturlaşni örganişni birlaştirib, “42.uz” loyihasi ğoyasi tuğilgan. “42.uz” orqali biz ta’limni 2 marta ovqatlaniş narxida sotib oliş mumkinligini isbotladik”.
“Keyin PDP akademiyasi bilan ham kurs taşkil qildik. Ammo bu kurslarni narxi akademiya tomonidan ança qimmat narxda baholandi. Men bu kurslarni sotuvidan manfaatdor emasligim va narxlarni ham belgilaş huquqiga ega bölmaganligim uçun, dasturlaşni örganişni menga öxşab çindan örganişni xohlaydigan ammo odatiy kurslarga puli yetmaydiganlar uçun yeçim beriş haqida öylab, “42.uz” ni ğoyasiga qat’iyroq töxtala boşladim”.
IT’ni 42 kunda örganiş
“42.uz” dasturlaşni örganişga iştiyoqmand bölgan har qanday talaba uçun uçun imkoniyatlar sandiği. Unda kurslar narxi 240.000 sömni taşkil etadi. Va darslar umumiy 42 kunga möljallangan. Jarayon töliq tizimlaştirilgan. Ya’ni berilgan darslar yuzasidan topşiriqlar bajariladi va avtomatik tarzda tekşirib javoblar çiqarib beriladi. Bu yerda heç qanday inson omili aralaşuvi bölmaydi. Barça darslar özbek tilida olib boriladi. Dasturlaş, algoritmlar, grafik va mahsulot dizayni sohalari böyiça darslar bor.
Şuningdek, CV (Curriculum Vitae) tayyorlaş va top kompaniyalarda işga topşiriş va intervyu jarayonlari haqida ham kiçik könikma darslari mavjud. Darslar esa Otabek Nurmatov (Dropbox xodimi), Diyorbek Sadullayev (Pinterest xodimi), Nodir Halilov (Super Dispatch xodimi) va Azim Pölat (Google xodimi) tomonidan olib boriladi.
Eng muhimi, darslardagi kontent nihoyatda moslaşuvçan: istagan odam ma’lumotni matn orqali, istagan odam video orqali va boşqa kimdir berilgan topşiriqlar orqali özlaştirişi mumkin. Bu xuddi Google tomonidan taqdim etilgan Professional Certificate Program (Kasbga yönaltirilgan öquv darslari) ning mahalliy moslaştirilgan va dasturlaşga ixtisoslaştirilgan varianti desak ham böladi.
“Milliy universitetning professori bizga aloqaga çiqib, loyihamiz haqida öz fikrini bildirdi. Va bu ta’limning kelajagi, ta’lim aslida şunday bölişi kerakligi xususida bizga ijobiy fikrlarini bildirib, bizga motivatsiya berdi” – deydi Azim Pölat
Azim Pölat loyiha orqali “Özbekiston belgisi” kökrak nişoni bilan ham taqdirlandi.

Maktab darsliklarini raqamlaştiriş
“Dasturlaşni örgatiş bilan çeklanib qolmasdan, kattaroq muammolarga texnologik yeçim berişni oldimizga maqsad qilib qöyganmiz. Masalan, maktab insonga nimadir örgatiş uçun eng zör vaqt. Çunki bu vaqtda insonni onggi şakllanadi va kim ekanligi ma’lum böladi. 2025-yildagi eng katta maqsadlarimizdan biri 5-11 sinf maktab darsliklarini tizimlaştişdan iborat”.
Azim Pulat maktab darsliklarini töliq iste’moldan çiqarişni emas, aksinça, unga qöşimça töldiruvçi sifatida mobil ilova yaratişni reja qilgan. Sababini esa bolalar ijtimoiy tarmoqlarda ötkazadigan vaqtiga raqobatbardoş böla oladigan va vaqtini qiziqarli ötkazişga hissa qöşadigan dastur bölişi kerakligi bilan izohlaydi.
“Dasturda bolalarni rağbatlantirişga katta e’tibor qaratmoqçimiz. Sababi bolalar uçun rağbat eng muhimi. Şaxsan özim ham bolaligimda velosiped olişni juda xohlaganman. Afsuski, qança yaxşi öqimay velosiped bilan heç qanday boğliqligi bölmagan. Şu sababli bolalarni taqdirlaşni bir yillab kutişimiz şart emas. Ularni örganiş uçun qilgan har bir say-harakatini muhim baholab taqdirlaşimiz kerak”.
Umumiy global tarmoq tuziladi. Har bir öquvçi ilovadan foydalanişdan avval özining sotib olişni juda xohlaydigan qandaydir narsa maqsad sifatida qöyiladi. Bola darslarni özlaştirişi orqali unga öz maqsadiga poğonama-poğona yaqinlaşiş imkoniyati böladi. Qöşimçasiga, ota-onalar bolalari haqidagi statistikani ham kuzatib turişlari mumkin böladi.
Ilovaga kirgan har bir öquvçi özi örganmoqçi bölgan fanni özi tanlaydi. Va unga 1 daqiqadan oşmaydigan örganiş uçun yengil va öquvçini zeriktirmaydigan kontent berilişi aytilgan. Berilgan kontentni bajarib bölgandan keyin unga doir maşqlar bajariş orqali öquvçi öz bilimini mustahkamlaydi. Agar öquvçi bir mavzuda özlaştirişda qiynalsa, unga algoritmlar orqali xato qilgan mavzusiga oid maşqlar köproq çiqarib beriladi.
“Biz bu loyihani ijtimoiy loyiha qilmoqçimiz va biz loyihadan kelgan mablağni bolalarni rağbatlantirişga yönaltirmoqçimiz. Masalan, ota-onalar bolalarini turliça rağbatlantirişlari mumkin. Ammo biz ularni bir xil rağbatlantirişga harakat qilamiz” – deb fikrini yakunlaydi Azim Pölat.
Gavhar Ziyodullayeva tayyorladi
Operator va montaj ustasi: Nuriddin Nursaidov










