Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Asadjon Xo‘jayev: Pandemiyadan qat'i nazar AOKA axborot maydoni bo‘lib qolaveradi
Bugun, 4 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan «Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi faoliyatining istiqboldagi yo‘nalishlari» mavzusidagi dasturi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Unda yig‘ilganlarga AOKA faoliyatining istiqboldagi yo‘nalishlarini muhokama qilish, ijtimoiy ahamiyatga molik loyiha va dasturlarni amalga oshirishda agentlikning davlat va jamoat organlari bilan hamkorligini kengaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bo‘yicha yo‘l xaritasi e'lon qilindi.
Tadbirda ishtirok etgan Kun.uz muxbirining «Pandemiya sharoitida AOKA o‘ziga xos axborot maydoniga aylangandi. Endi ham bu faoliyat davom ettiriladimi? Xususan, KoronavirusInfo telegram kanalining keyingi taqdiri nima bo‘ladi?» degan savoliga agentlik rahbari Asadjon Xo‘jayev shunday javob berdi:
– Pandemiya davomiyligi yoki tugashidan qat'i nazar AOKA axborot maydoni bo‘lib qolaveradi. Muntazam o‘tkazilayotgan brifinglar albatta davom ettiriladi. Shu bilan birga, boshqa axborot maydonlari bilan ham sog‘lom raqobat va hamkorlikni yo‘lga qo‘yamiz. Jumladan, Milliy matbuot markazida doimiy axborot anjumanlarini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilyapmiz. Chunki barcha yirik davlat tashkilotlari, agentliklar, qo‘mitalar, inspeksiyalar, yirik kompaniyalar har oyda o‘z faoliyatlari to‘g‘risida ma'lumot yetkazib turishlariga erishishimiz kerak.
Mavzuga oid
11:40 / 16.07.2025
Axborot sohasida nazorat va monitoring sobiq AOKAdan O‘zkomnazoratga o‘tdi
16:00 / 14.07.2025
AOKA tugatildi, o‘rniga Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
19:29 / 12.06.2025
AOKA: Meta kompaniyasiga 23 mingta so‘rov yubordik, ularning 80 foizi qanoatlantirildi
10:43 / 09.05.2025