Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla Avstraliyada dunyodagi eng katta batareyalardan birini quradi
AQShning “Tesla” kompaniyasi Fransiyaning “Neoen” kompaniyasi bilan hamkorlikda Avstraliyaning Viktoriya shtatida dunyodagi eng katta batareyalardan birini quradi. Litiy-ion batareyalar tizimining umumiy quvvati 300 megavattni tashkil qiladi.
“Victorian Big Battery Megapack” deb nomlanadigan bufer batareya Melburndan 70 km uzoqlikda joylashgan Jilong shahrida quriladi. Batareya elektr energiya uzatilishidagi muammolar holatiga energiyani saqlash uchun mo‘ljallangan.
Shahar batareyani qurish joyi uchun barcha zarur infratuzilmaga egaligi sababli tanlangan: u janubiy sohilbo‘yidagi shamol elektr stansiyalariga hamda shimoldagi katta quyosh elektr stansiyalariga ulangan. Shuningdek, ushbu shahar orqali Viktoriya shtatining katta qismini milliy elektr tarmog‘i bilan bog‘lovchi elektr uzatish liniyalari o‘tgan.
Loyiha 2021 yil yozida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
2017 yilda Tesla kompaniyasi asoschisi Ilon Mask garov o‘ynab, 100 kun ichida Janubiy Avstraliyada Powerpack bufer batareyasini qurib bitkazgandi. Dastlab batareyaning quvvati 100 Mvtni tashkil qilgan, biroq keyinroq 150 MVtgacha kengaytirilgan.
Batareyadan foydalanishning 3 yillik tajribasining ko‘rsatishicha, iste'molchilar elektr uzatishda muammolar yuz berishi mumkinligidan nafaqat tashvishlanmay qo‘yadilar, balki elektr energiya uchun kamroq haq to‘lay boshlaydilar. Bundan tashqari, hududdagi ko‘mir elektr stansiyalariga elektr energiyadan foydalanish avj pallaga chiqqanda batareyadan foydalanish hisobiga kamroq zo‘riqish tushadi va ular barqaror ishlaydi.
Mavzuga oid
21:21 / 03.06.2026
Shveytsariyada yer ostida dunyodagi eng katta batareya qurilmoqda: u quyosh va shamoldan quvvat oladi
07:48 / 24.05.2026
Toshkentda Tesla’ni yuqori tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
18:31 / 25.04.2026
Tesla rulsiz va tepkisiz Cybercab avtomobilini ommaviy ishlab chiqarishni boshladi
08:10 / 09.04.2026