Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Britaniya, Belgiya va Filippin fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqladi
XXR tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, bunga mazkur mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatning yomonlashishi sabab bo‘lgan.
Xitoy Buyuk Britaniya, Belgiya va Filippin fuqarolariga mamlakatga kirishni taqiqladi. XXR tashqi ishlar vazirligining bildirishicha, bunga mazkur mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatning yomonlashishi sabab bo‘lgan.
"Xitoyning ushbu mamlakatlardagi elchixonalari bildirishnoma e'lon qildi va bu Xitoy epidemiologik vaziyat sababli qabul qilgan vaqtinchalik va majburiy chora ekanligini tushuntirdi", - dedi Xitoy TIV vakili Venbin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bu xalqaro tajribaga to‘liq mos keladigan oqilona qarordir.
Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon dunyoda 47 milliondan ortiq inson bu kasallikka chalingan, 1,2 million kishi vafot etgan.