Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Maxfiy xizmati Baydenning g‘alabasi e'lon qilinishiga tayyorlanmoqda
AQShda Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden bugun, 6 noyabr kuni, saylovlarda g‘olib bo‘lganini e'lon qilishi mumkin.
Foto: AP /Charlie Riedel
The Washington Post’ning manbaga asoslanib xabar berishicha, shu munosabat bilan AQSh Maxfiy xizmati Uilmington shahrida xavfsizlik choralarini kuchaytirishga tayyorgarlikni boshlagan. Bayden ushbu shaharda shu hafta amerikaliklarga murojaat qilgan va yana buni qilishga tayyorlanmoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, nomzodning shtabi Bayden yana xalqqa murojaat qilishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida Maxfiy xizmatga xabar bergan.
Kuchishlatar tuzilma bu borada Uilmingtonga bir guruh agentlarni yuborgan.
Eslatib o‘tamiz, Maxfiy xizmat AQSh prezidenti va vitse-prezidenti hamda ushbu lavozimlarga nomzodlarni qo‘riqlash va himoya qilish bilan shug‘ullanadi.
Avvalroq, Tramp murojaat bilan chiqib, saylovda g‘alaba qozonganini ma'lum qilgandi. Qator telekanallar esa uning murojaatini efirdan uzib qo‘ydi.
Mavzuga oid
14:35 / 05.12.2025
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40 / 05.12.2025
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00 / 05.12.2025
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40 / 05.12.2025