Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dam olish kunlari kutilayotgan ob-havo ma'lum qilindi
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi issiq janubi-g‘arbiy havo oqimlari ta'sirida bo‘ladi. Respublika hududining katta qismida ob-havo kam bulutli bo‘ladi, harorat iqlimiy me'yordan 4-6 darajaga yuqori bo‘ladi. Kunduzi harorat 22-27 daraja, kechasi 4-9 daraja atrofida bo‘ladi.
Foto: KUN.UZ
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, 8 noyabrda respublika hududiga Kavkaz tomondan sovuq va nam havo oqimi kira boshlaydi. Kun davomida ushbu oqim respublikaning shimoli-g‘arbiy tumanlariga tarqaladi. Kechga borib u O‘zbekistonning markaziy tumanlariga o‘tadi. Ushbu jarayonda respublika bo‘yicha bulutlilik ortadi, Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir yog‘adi.
8 noyabrda kechqurun, kechasi va 9 noyabr ertalab mamlakatning markaziy va janubi-sharqiy tumanlarida yomg‘ir yog‘adi. Tog‘li hududlarda yomg‘irning qorga aylanish ehtimoli bor, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin.
Yakshanba kuni kunduzi harorat biroz pasayadi. Respublika hududining katta qismda harorat 15-20 daraja, shimolda 8-13 daraja bo‘ladi. Keyingi haftaning boshida esa sovuq tushadi, tungi harorat 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja bo‘ladi.
Mavzuga oid
12:12 / 26.12.2025
Hafta oxirida harorat ko‘tarilishi kutilmoqda
09:59 / 23.12.2025
O‘zgidromet: inversiya jarayonlari faollashib, havo sifati yomonlashishi mumkin
16:59 / 22.12.2025
Yangi yil arafasi biroz quruq va iliq o‘tadi
14:58 / 22.12.2025