Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koronavirusga chalinganda iste'mol qilish taqiqlangan mahsulotlar ma'lum qilindi
Koronavirusga chalingan bemorlar tuz kamroq iste'mol qilishlari va spirtli ichimliklar iste'molini istisno qilishlari lozim. Bunday bemorlarga ko‘proq suv ichish tavsiya qilinadi.
Foto: RIA Novosti
Rossiyalik terapevt shifokor Filipp Kuzmenkoning ta'kidlashicha, organizmda suv-tuz balansini me'yorida ushlash lozim. Ko‘proq suv ichish, sho‘r taomlar, misol uchun, tuzlangan bodring, tuzlangan baliq iste'molidan qochish lozim. Spirtli ichimliklar iste'mol qilmaslik lozim, chunki u organizmning suvsizlanishiga olib keladi.
Shifokorning ta'kidlashicha, sho‘r taom qonni quyultiradi, bu esa koronavirusga chalinganda zararli hisoblanadi. “Tuz to‘qimadagi suvni tortib oladi, tomirlarda esa qonning quyuqlashishi yuz beradi. Bu esa koronavirusga chalinganlarga salbiy ta'sir ko‘rsatadi”, deb ta'kidlab o‘tgan mutaxassis.
Avvalroq ham shifokorlar koronavirusga chalinganlikda spirtli ichimliklar xavfli bo‘lishidan ogohlantirishgan. Koronavirusda spirtli ichimliklar qonning quyuqlashishiga olib keladi, vaholanki koronavirus infeksiyasining asoratlaridan biri tromboemboliya, ya'ni hayotiy muhim qon tomirlarining tromb bilan berkilib qolishi hisoblanadi. Shu sababli alkogol bemorning holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi.
Bundan tashqari, alkogol koronavirusni davolashda belgilanadigan dorilar bilan nomutanosib hisoblanadi.
Mavzuga oid
13:31 / 05.11.2025
Qoraqalpog‘iston: tuz sanoatiga yirik sarmoyalar yo‘naltiriladi
15:20 / 01.10.2025
6 tonnadan ziyod sifati talabga javob bermaydigan osh tuzi aniqlandi
12:26 / 15.08.2025
Kuniga me’yoridan 2-3 barobar ortiq tuz yeymiz: uning tanaga qanday ta’sirlari bor?
17:03 / 29.11.2024