29 noyabr kuni Oliy Majlis Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari hamda Fan, ta’lim va soğliqni saqlaş masalalari qömitalarining qöşma majlisi bölib ötdi.

Unda «Yod yetişmasligi kasalliklari profilaktikasi töğrisida»gi Qonunning yodlangan tuz va yodlangan oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş hamda qayta işlaşda xöjalik yurituvçi sub’yektlar tomonidan standartlarning majburiy talablariga rioya etilişi ustidan davlat nazoratini amalga oşirişga oid qismi ijrosini örganiş natijalari muhokama qilindi.

Qayd qilinişiça, bugungi kunda aholi örtasida yod yetişmasligi kasalliklari profilaktikasi va endemik buqoq kasalligining oldini oliş borasidagi işlar Jahon soğliqni saqlaş taşkilotining tavsiyalari asosida amalga oşirilmoqda. Natijada yod tanqisligi holatlarining tarqaliş darajasi 31 foizni taşkil etib, 20 yil mobaynida 2,5 barobarga kamaygan. Biroq, Özbekiston hali ham yod tanqisligi böyiça oğir hudud bölib qolmoqda.

Aholi orasida endemik buqoqdan kasallaniş körsatkiçlarini kamaytiriş va oş tuzini yodlaş böyiça talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlaştiriş zaruriyati ham yuzaga kelgan.

2023 yilda yod tanqisligi kasalligi har 100 ming aholiga Qoraqalpoğiston Respublikasida (2160,7), Surxondaryo (1883,3), Jizzax (1494,0) Buxoro (1262,2) viloyatlarida mamlakat körsatkiçlariga nisbatan (912,4) baland bölgan. Şu davrda yod tanqisligi körsatkiçi bolalar va ösmirlar orasida mamlakat böyiça har 100 ming aholiga örtaça 712,3 va 3593,6 nafarni taşkil etgan. Uşbu körsatkiçlar “yod tanqisligi pandemiyasi” davom etayotganligini anglatadi.

Özbekistonda oş tuzi işlab çiqaruvçi, sotuvçi va undan foydalanuvçi 94 ta korxona mavjud. Ularning bor-yöği 24 tasida laboratoriyalar bor, faqatgina 72 tasida dozator örnatilgan. Ammo örnatilgan ayrim dozatorlar mutlaqo talabga javob bermaydi.

Tuz işlab çiqaruvçi korxonalardan olingan 263 ta namunadan 65 tasida (25%), savdo va umumiy ovqatlaniş şaxobçalaridan olingan 1110 ta namunaning 347 tasida (31,5%), maktabgaça va maktab ta’limi muassasalaridan olingan 3613 ta namunaning esa 1263 tasida (35%) yod miqdori belgilangan talabga javob bermasligi aniqlangan. Ayrim hollarda qadoqlarga yodlangan oş tuzi deb, aslida yodlanmagan texnik tuz solinayotgani aniqlangan.

Ayrim tadbirkorlar tegişli qonunçilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlarni suiiste’mol qilib, aholining soğliği uçun zararli bölgan mahsulotlarni sotişni davom ettirmoqda. Majlis yakunlari böyiça qömitalarning aniq takliflar aks etgan qöşma qarori qabul qilindi.